PSJ Errera bo'yicha bir qarorga keldi

24 apr 2020, 09:21
Parijliklar Anderning holatidan mamnun emas.

Qayd etilishicha, Ander Erreradan PSJ klubi rahbariyati hamda murabbiylarning shtabining hafsalasi pir bo'lgan. Tarkibni kuchaytirish uchun olib kelingan Errera kamdan kam hollarda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.

Ma'lum qilinishicha, Ander yozda “Atletik”ka qaytadi. Basklar futbolchini ortga qaytarishga tayyorligini bildirgan.

Ma'lumot uchun, Ander MYUga qadar aynan “Atletik” safida to'p tepgan. Futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasida 8 ta o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Le10Sport