PSJ “Chelsi” futbolchisini ijaraga olmoqchi

Eldor Akmurzayev
24 sen 2020
“Aristokratlar” himoyachisi Antonio Ryudiger joriy mavsumni Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

27 yoshli germaniyalikka PSJ qiziqish bildirmoqda. Parij klubi futbolchini ijaraga olmoqchi.

Avvalroq, Ryudiger jamoasini o'zgartirishga tayyorligini aytilgandi. U APL ilk turlarini qaydnomaga kiritilmagani sabab o'tkazib yubordi.

Antonioning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha tuzilgan. U 2019/20 yilgi mavsum jamoa libosida 20 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urishga erishgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail