PSJ braziliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2024, 23:08
Fransiyaning PSJ klubi braziliyalik futbolchini transfer qildi.

Amaldagi Fransiya chempioni rasmiy sahifasi orqali Braziliyaning “Korintians” klubidan Gabriel Moskardoni o'z safiga qo'shib olgani haqida xabar berdi.

18 yoshli yarim himoyachining shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Moskardo "Korintians"da 6 oy ijara asosida o'ynaydi va yangi mavsum boshida PSJga o'tadi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 22 ta o'yinda ishtirok etgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: psg.fr