PSJ bosh murabbiyi ham jamoadan ketadi

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2023, 12:06
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte mavsum oxirida o'z lavozimini tark etadi, deb xabar berdi "L'Equipe".

U o'tgan yozdan beri jamoani boshqarib kelayotgandi.

56 yoshli mutaxassisning shartnomasi tugashiga yana bir yil qoldi. Yangi murabbiy qatarliklar boshqaruvidagi PSJning sakkizinchi murabbiyi bo'ladi.

Galte boshchiligida jamoa Fransiya chempionligini qo'lga kiritdi. Chempionlar Ligasi va Fransiya Kubogi pley-offida chiqib ketdi.

Bugun PSJ Fransiya chempionatining so'nggi turida "Klermon"ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe