

Avvalroq portugaliyalik futbolchi yozgi transferlar oynasida "Real" yoki "Barselona"dan biriga borib qo'shilishi mumkinligi aytilgan edi. Shunday bo'lsa-da, Fransiyaning PSJ klubi 28 yoshli futbolchi bilan bitim tuzish fikridan to'laligicha voz kechgani yo'q.
Parij klubi tomonidan yuborilgan 80 mln evrolik taklif rad etilgandi. Klub tarkibni Bernardu Silva darajasidagi futbolchilar bilan boyitishga e'tiborini qaratadi, chunki jamoa yetakchilari bosimi kuchayib bormoqda. Yanvar oyida klub faol bo'lmagani Mbappening hafsalasini pir qilgan. Parijliklar turli chalkashliklar tufayli Hakim Zieshni "Chelsi"dan ijaraga olish bo'yicha shartnomani dedlayngacha tugallay olmadi.



