Pro ligaga o'tish o'yini qaysi stadionda o'tkaziladi?

Sherzod Nurmatov
28 noya 2023
Birinchi liga reglamentidan kelib chiqib, mazkur musobaqada g'olib chiqqan "Yangier" klubi 2024 yilgi mavsum Pro liga yo'llanmasi uchun Birinchilik kubogini qo'lga kiritgan "Bunyodkor farm" jamoasiga qarshi o'tish o'yinida ishtirok etadi.

Mazkur bellashuv avval e'lon qilinganidek, 30 noyabr kuni bo'lib o'tadi. 15:00 da start oladigan uchrashuvga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi.

Pro ligaga o'tish o'yini

30 noyabr, payshanba

15:00. BUNYODKOR FARM – YANGIER

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz