

O'yin taqdirini hal qilgan yagona golni Shaxboz Nuriddinov 89-daqiqada penaltidan urishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, 40 ochko jamlagan "Sho'rtan" rasman Superliga yo'llanmasi uchun pley-off o'yin ishtirokchisiga aylandi.
22.11.2024
15:00. "Sho'rtan" – "Olimpik MobiUz" 1:0
Bosh hakam: Doston Mirzarayimov
Qanot hakamlari: Aziz Isoqov, Ahror Rahmatov
Zaxira hakami: Umid Yaxshinorov
Nazoratchi: Abdurahmon Qo'ldoshev
Komissar: Diyor Xotamqulov




