Prevyu. "Olmaliq" - "Dinamo"

Narzulla Saydullayev
21 may 2014, 09:17
Igor Shkvirin boshchiligidagi "Olmaliq" bugun Ravshan Haydarov ustozlik qilayotgan "Dinamo"ni qabul qiladi.
Olmaliq (Olmaliq) – Dinamo (Samarqand)
21 may. Olmaliq. “Olmaliq” stadioni. 17:30
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), O. Abduvasilov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), A. Juraxanov (Andijon)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

“Olmaliq” va “Dinamo” oliy ligada 12 bora to'qnash kelishgan. Besh bor “Olmaliq” zafar quchgan, “arslonlar” 4ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 3ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbatida esa tenglik - 14:14. O'zaro o'yinlarda “Olmaliq” 18, “Dinamo” 15 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Dinamo”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:2ga teng. “Olmaliq”ning eng yirik g'alabasi esa 3:1.

O'tgan mavsum Samarqanddagi bahsda hisobni ochish hech bir jamoaga nasib etmagan - 0:0. Javob uchrashuvida gollar yomg'iri kuzatilgan. Dastlab Farrux Shotursunov va Komil Sharofutdinov ketma-ket gol urib hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirishgan. Birinchi bo'limni o'zida Obid Jo'raboev hamda Dilyaver Abibullaev muvozanatni tiklashgan. So'nggi golni Zafar Polvonov o'z hisobiga yozib qo'ygan - 3:2.

Olmaliqda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

23.10.2013 Olmaliq - Dinamo 3:2
25.06.2012 Olmaliq - Dinamo 1:2
13.08.2011 Olmaliq - Dinamo 1:1
05.08.2010 Olmaliq - Dinamo 3:1
04.04.2009 Olmaliq - Dinamo 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Olmaliqdagi 6ta o'yindan uchtasida “Olmaliq” g'olib bo'lgan, bir marta “Dinamo” zafar quchgan. Ikki bor durang hisobi qayd etilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia