
4 iyul, payshanba kuni oliy liga 13-turi doirasida bo'lib o'tadigan “Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvi jamoalarning o'zaro hisobdagi o'n birinchi to'qnashuvi sifatida qayd etiladi.
Demak, shu kungacha poytaxtning ushbu ikki klubi bir-birlari bilan o'n marotaba ro'baro' kelishgan. O'zaro o'yinlarning ettitasida “qaldirg'ochlar”ning qo'llari baland kelgan bo'lsa, ikki uchrashuvda temiryo'lchilar zafar quchishgan. Yana bir o'yin esa durang natija bilan yakun topgan. To'plar farqi – 21:9, “Bunyodkor” foydasiga.
“Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalarining o'zaro o'yinlari to'purari – Server Jeparov hisoblanadi. Ayni paytda faoliyatini Janubiy Koreyaning “Seongnam Ilva Chunma” klubida davom ettirayotgan sobiq bunyodkorchi temiryo'lchilar darvozasini to'rt marotaba aniq nishonga olgan.
Quyida “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalarining o'zaro o'yinlari qaydnomalaridan keltirilgan ko'chirmalar bilan tanishishingiz mumkin.
BUNYODKOR – LOKOMOTIV 3:1
17.03.2007. 2-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 5000 tomoshabin
Gollar: Mo'minjonov 16 (0:1), Salomov 45+2 (1:1), Mandzukas 51 (2:1), R.G'ofurov 80 (3:1)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov - 8,6
LOKOMOTIV – BUNYODKOR 2:1
03.12.2007. 29-tur. Toshkent. TTYMI stadioni. 6000 tomoshabin
Gollar: Ibodullaev 29 (1:0), Mo'minjonov 49 (1:1), Idiatullin 60 (2:1)
Bosh hakam: Rustam Saidov - 8,6
BUNYODKOR – LOKOMOTIV 2:0
02.05.2008. 8-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 3737 tomoshabin
Gollar: Soliev 19 (1:0), Jeparov 90+2 penalti (2:0)
Bosh hakam: Vladislav Seytlin - 8,4
LOKOMOTIV – BUNYODKOR 2:3
03.10.2008. 23-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 4113 tomoshabin
Gollar: Jahonov 12 (1:0), Jeparov 33 (1:1), Idiatullin 44 (2:1), Jeparov 58 (2:2), Rivaldo 65 (2:3)
Bosh hakam: Aleksandr Petrov - 8,1
LOKOMOTIV – BUNYODKOR 0:2
04.04.2009. 4-tur. Toshkent. TTYMI stadioni. 3871 tomoshabin
Gollar: Joao Viktor 37 (0:1), Soliev 46 (0:2)
Bosh hakam: Valentin Kovalenko - 9,6
BUNYODKOR – LOKOMOTIV 2:1 (0:1)
24.10.2009. 27-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 7895 tomoshabin
Gollar: A'zamov 7 (0:1), Soliev 62 (1:1), Rivaldo 88 penalti (2:1)
Bosh hakam: Rustam Saidov - 8,2
LOKOMOTIV – BUNYODKOR 0:4 (0:0)
09.04.2010. 4-tur. TTYMI stadioni. 6010 tomoshabin
Gollar: Jeparov 60 (0:1), Hasanov 64 (0:2), Rivaldo 77 (0:3), Ristich 90+1 (0:4)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov – 9,6
BUNYODKOR – LOKOMOTIV 1:0 (0:0)
16.10.2010. 23-tur. “Jar” stadioni. 5122 tomoshabin
Gol: Kapadze 52
Bosh hakam: Viktor Serazitdinov – 8,9
BUNYODKOR - LOKOMOTIV 1:1 (1:1)
22.04.2012. 5-tur. “Jar” stadioni. 4365 tomoshabin
Gollar: Rahmatullaev 3 (0:1), Kozak 16 (1:1)
Bosh hakam: Baxtiyor Namozov
LOKOMOTIV – BUNYODKOR 3:1 (0:1)
08.10.2012. 22-tur. “Lokomotiv” stadioni. 3812 tomoshabin
Gollar: Karpenko 3 (0:1), Xolmatov 73 (1:1), Fomenko 84 (2:1), Fomenko 88 (3:1)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov