

BESHIKTOSH
Beshiktosh o'tgan turda Ankaragyudjyuni 4:1 hisobida taslim qilib to'rtinchi o'ringa chiqib olgandi. Yevropa ligasi doirasida Sarpsborg 08ni mag'lub etgach (3:2) pley-offga chiqish uchun imkoniyatni saqlab qoldi.
Babel, Tyoryo va Medel jaroahat olishgan. Bu mavsum 8ta golli pas bergan Kuarejma safga qaytdi.

GALATASAROY
Galatasaroy oxirgi o'yinlarda u qadar omadli ishtirok etmayapti, ayniqsa safarda. Istanbul klubi safarda Lokomotivga yutqazdi (0:2) va evrokuboklardagi o'z vaziyatlarini og'ir holatga tushirib qo'yishdi. Sariq-qizillar Turkiya chempionatida uchinchi o'rinda borishmoqda. Ammo o'tgan tur Konyasporni mag'lub eta olishmadi (1:1).
Aziz, Donk, Rodriges va Ndiaye diskvalifikaciya qilingan. Hujumda faqt Derdiyyuk va Onekuru qolgan holos.

STATISTIKA VA O'ZARO O'YINLAR
Beshiktosh o'z uyida oxirgi 4ta o'zaro o'yinda yutqazmagan.
Beshiktosh oxirgi uchta o'yinda g'alaba qozongan.
Galatasaroy oxirgi 10ta safardagi o'yinning 7tasida yutqazdi. Bu o'yinlarning 6tasida jamoa gol ham ura olmadi.
Bu ikki jamoa Turkiya chempionatida 120 marta to'qnash kelishgan. Beshiktosh 34 marta, Galatasaroy 44 marta g'alaba qozongan. 42ta o'yinda durang qayd etilgan.
Bugungi kunda Beshiktoshni Shenol Gyunesh, Galatasaroyni Fotih Terim boshqarib bormoqda.
Kechagi o'yinoldi mashg'ulot paytida stadion muxlislar tomonidan yondirildi.

BESHIKTOSH - GALATASAROY
2 dekabr. Istanbul. "Vodafon Park" stadioni. 22:00 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam - Juneyt Chaqir (Istanbul).
TAXMINIY TARKIBLAR:
BESHIKTOSH: Karius, Adriano, Vida, Aksoy, Erkin, Xutchinson, Tokoz, Lyaich, Kuarejma, Yalchin, Pektemek
GALATASAROY: Muslera, Mariano, Kabak, Maykon, Nagatomo, Fernando, Inan, Onekuru, Feguli, Bayram, Derdiyok




