Pravdabl: Klopp va uning yordamchisi Liverpul bilan kelishib oldi

Narzulla Saydullayev
4 okt 2015, 14:30
Dortmundning Borussiya klubi sobiq ustozi Yurgen Klopp va uning yordamchisi Jelko Buvach Liverpulda ish boshlashga yaqinlar.

Bosniyaning Pravdabl nashri xabariga ko'ra, tomonlar uch yillik shartnoma borasida kelishuvga erishishgan. Boshqa ma'lumotlar oshkor qilinmagan.

Oldinroq Klopp Liverpulda ish boshlashi haqidagi gap so'zlar yolg'on ekanini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru