Potter: "Mudrik "Liverpul"ga qarshi o'ynay oladi"

Sherzod Nurmatov
21 yanv 2023, 10:43
"Chelsi" bosh murabbiyi Grem Potterning fikricha, Mixail Mudrikning debyutini keyinga qoldirishdan mano yo'q.

"So'nggi paytlarda u ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan, ammo Mudrik mashg'ulotlarda yaxshi ko'rinmoqda. "Liverpul"ga qarshi debyutini o'tkazish ehtimoli bor.

U boshqa ligadan kelganini va moslashish uchun vaqt kerakligini hamma tushunishi kerak. Mudrik – katta salohiyatga ega yosh futbolchi, lekin u allaqachon ma'lum tajribaga ega va qiziqarli futbolchi. Mixail jamoamizga qo'shilganidan xursand. U Londondagi faoliyatini, xususan, debyut bahsini intiqlik bilan kutmoqda", – dedi Potter.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" o'tgan yakshanba kuni Mudrikning transferini yakunladi, uning umumiy summasi 100 million evro  – darhol 70 million, bonuslar sifatida 30 million.

"Liverpul" – "Chelsi" uchrashuvi bugun bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London