Portugaliya terma jamoasi Konfederatsiyalar Kubogida ishtirok etadi

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2016, 03:45
Portugaliya terma jamoasi Evro-2016 finalida Fransiyani 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Portugaliyaliklar Rossiyada bo'lib o'tadigan Konfederatsiyalar Kubogining ettinchi ishtirokchisiga aylandi. Turnirda Yevropa vakillaridan tashqari, Rossiya (turnir mezboni), Germaniya (JCH-2014 g'olibi), Avstraliya (Osiyo chempioni - 2015), Yangi Zelandiya (Okeaniya chempioni - 2016), Meksika (KONKAKAF chempioni) va Chili (Amerika Kubogi g'olibi - 2015) ishtirok etadi.

Afrika qitasining vakili 12 fevral kuni (2017) Afrika millatlar kubogi final bahsidan so'ng ma'lum bo'ladi.

Konfederatsiyalar Kubogi 2017 yilning 17 iyunidan 2 iyuligacha Rossiyaning Sankt-Peterburg, Qozon, Sochi va Moskva shaharlarida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia