"Portu" "Barselona" futbolchisini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
27 iyul 2023, 14:15
"Barselona" yarim himoyachisi Niko Gonsales faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi.

Jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, "Portu" futbolchiga bo'lgan 60 foiz huquq uchun 8 million evro to'laydi. Kataloniya klubi futbolchini qaytarib sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Portugaliya klubi 21 yoshli ispaniyalik bilan 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishib oldi.

Gonsales 2022/23 yilgi mavsum ijara asosida "Valensiya"da o'ynadi: 26 o'yin, 1 gol va 1 golli uzatma. Transfermarkt portali futbolchining narxini 10 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/MatteMoretto