Pol Pogba mashg'ulotga yangi qimmatbaho avtomobilda keldi + FOTO

Tolibjon Qosimov
18 yanv 2018, 20:40
"Manchester Yunayted" jamoasi bugun ertalab odatdagidek mashg'ulot o'tkazdi.

Unda ishtirok etish uchun jamoaning Karringtondagi bazasiga yarim himoyachi Pol Pogba qimmatbaho avtomobilda keldi.


Pogbaning yangi uloqchasi "Rolls Royce Wraith" 250 000 funt sterling turadi.


24 yoshli francuz qora "Rolls Royce Wraith"da Karringtonga kelayotgani suratchilar obektiviga tushgan.


"Rolls Royce Wraith"

Narxi: 250000 funt
Tezligi: 250 km/soat
Ot kuchi: 624
4,6 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqadi


Bundan tashqari, Pogba instagram sahifasiga Manchester yaqinida joylashgan Cheshirdagi villasida o'zi uchun ishlangan maxsus bilyard stulida o'ynayotgani aks etgan videoni joyladi.


Eslatib o'tamiz, Pol ushbu villani o'tgan yili 2,9 million funt sterlingga sotib olgan edi. Ushbu villadan klub bazasiga 20 daqiqada yetib borsa bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk