​Pol Pogba: "Hozir MYU bor e'tiborini hujumga qaratgan"

31 dek 2019, 00:25
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba APL 20 turining "Bornmut"ga qarshi uchrashuvi haqida fikr bildirib o'tdi.

"Bizga g'alaba kerak edi va biz a'lo darajada o'ynadik. Izlanishda davom etamiz. Hali uzoq yo'lni bosib o'tishimiz lozim. Yilni shunday yakunlaganimiz ajoyib bo'ldi.

Sulsher kelganidan so'ng, murabbiydan qoniqish his qildik. APLda birinchi o'rinni qo'lga kiritishimiz kerak. Avvalgi murabbiy bilan ham g'alaba qozonardik. Lekin hozir bizda o'yin uchlubi boshqacha. MYU endi bor e'tiborini hujumga qaratgan. Aynan xohlaganimizdek ko'proq vaziyatlar yaratamiz", – deya Pogbaning so'zlarini keltiradi BBC nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: bbc.com/sport/football