

Bu guruhdan qur'a natijasiga ko'ra O'zbekiston, Bangladesh, Shri-Lanka, Butan va Pokiston terma jamoalari o'rin olgandi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasining ma'lum qilishicha, ushbu guruh a'zolaridan biri - Pokiston yoshlar terma jamoasi ushbu musobaqada qatnashmaslikka qaror qildi. Shunday qilib, endilikda “A” guruhida kelasi yili Baxraynda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati U-19da ishtirok etish uchun 4ta jamoa kurash olib boradi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi Yaponiyaning Xirosima shahrida bo'lib o'tgan “BalcomBMWCup 2015” g'olibiga aylandi.
Quyida U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichi, “A” guruhi o'yinlari taqvimini keltirib o'tamiz.
2 oktyabr, 2015Bangabandxu milliy stadioni, Dakka
1-tur
14:00 O'zbekiston – Butan 17:00 Bangladesh – Shri-Lanka
4 oktyabr, 2015
Bangabandxu milliy stadioni, Dakka
2-tur
14:00 Shri-Lanka – O'zbekiston 17:00 Butan – Bangladesh
6 oktyabr, 2015
Bangabandxu milliy stadioni, Dakka
3-tur
14:00 Shri-Lanka – Butan 17:00 O'zbekiston – Bangladesh
*O'yinlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan



