

Ro'ziqul Berdiev boshchiligida "Nasaf" mana to'rtinchi yildirki chempionatimizdagi 3-o'rinni o'ziniki qilib oldi.
"Nasaf" futbolchilari Eldorbek Suyunov, Ilhom Shomurodov, Maqsud Karimov, Azamat Allaniyazov, Shuhrat Muhammadiev, Farruh Sayfiev, Sherzod A'zamov va Odiljon Hamrobekov uchun bu galgi bronza medali ketma-ket qo'lga kiritilgan to'rtinchisi bo'ldi.
Shu tariqa ushbu "sakkiztalik" bronza medalini taqish bo'yicha poker qayd etishdi.




