Pogba yozda "Yuventus"ga tekinga o'tishi mumkin

Alisher
17 may 2022
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba yozgi transfer oynasida klubdan kyetishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 29 yoshli francuz 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomasini MYU bilan uzaytirmaydi. Xavbek "Yuventus"ga erkin agent maqomida o'tishi mumkin.

Pogba bunga qadar 2012-2016 yillar davomida "Yuventus"da o'ynagan edi, shundan so'ng MYUga 105 mln evro evaziga o'tgandi.

Pogba joriy mavsum 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 9ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira