"Pogba tufayli MYU kuchaygan"

Mirjalol Normatov
17 yanv 2019, 21:15
"Tottenxem" va "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Teddi Sheringem mankunianliklarning yarim himoyachisi Pol Pogba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Pogba - iqtidorli futbolchi. U 1999 yilgi ramziy termadan o'rin olgan bo'lardi. Unga kerakli vaqtlarda nimalar qilish kerakligini yaxshi o'rgatishgan. Shu boisdan jamoa anchagina kuchaygan. Hozirda uning poziciyasidagi ko'plab futbolchilar anchagina xatolarga yo'l qo'yishadi", - dedi Teddi.

Pogba bu mavsumda jamoasi tarkibida 19 o'yinda qatnashib, 7ta gol urib, shuncha golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com