

Transfermarkt talqiniga ko'ra, ingliz grandi Pogba uchun 105 mln. evro to'laydi. Shunday qilib, Polning transferi narxi 2013 yilda "Tottenxem"dan "Real"ga o'tgan Garet Beylnikidan (101 mln. evro) qimmatroq bo'ldi.
Ro'yxatning uchinchi o'rnini MYUdan "Real"ga o'tgan Ronaldu transferi egnallab turibdi. "Qirollik klubi" portugaliyalik uchun mankunianlarga 94 mln. evro to'lagan. Keyingi o'rinlarni Iguain ("Napoli" - "Yuventus" - 90 mln. evro) va Neymar ("Santos" - "Barselona" - 88,2 mln. evro) transferlari egallab turibdi.



