Pogba: “Kante “Oltin to'p”ni yutishga qodir”

Eldor Akmurzayev
5 iyun 2021, 19:55
MYU xavbeki Pol Pogba Fransiya TJdagi sherigi Ngolo Kantening “Oltin to'p”ni yutish imkoniyatini baholadi.

“Final oldidan Ngolo Chempionlar Ligasida g'olib bo'lsa, sovrinni yutish imkoniga ega bo'lishini aytgandim. “Chelsi” haqli tarzda musobaqa g'olibiga aylandi va Kante doimgidek ajoyib edi. Agar u Fransiya bilan Yevropa chempionatida g'olib chiqsa, “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishi mumkin”, deydi Pogba.

Eslatib o'tamiz, Evro-2020 11 iyun kuni boshlanadi. Francuzlarga guruh bosqichida Germaniya, Portugaliya va Vengriya termalari raqiblik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Tribal Football