Pogba: "Fransiya terma jamoasi jahonda tengsiz emas"

Sherzod Nurmatov
7 sen 2021, 22:11
Fransiya termasi va "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogba milliy jamoaning oxirgi o'yinlari borasida fikrini bildirdi.

"Fransiya bilan qo'lga kiritgan g'alabamizga ancha bo'ldi, oradan ancha vaqt o'tdi. Shuning uchun sog'inyapman, hammamiz sog'inyapmiz.

Biz endi jahonda tengsiz emasmiz. Hammasini o'zgartirishimiz, tajovuzkorroq bo'lishimiz, o'yinda borimizni sarflashimiz lozim", – dedi fransiyalik.

Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi oxirgi marta Evro-2020 birinchi turida Germaniya ustidan zafar quchgan edi (1:0).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get French Football News