Pogba diskvalifikaciyani o'tab bo'ldi va maydonga qaytishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
11 mar 2025, 17:58
"Manchester Yunayted" va Turinning "Yuventus" klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba taqiqlangan dorilarni istemol qilgani uchun olgan diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'ldi.

11 martdan boshlab fransiyalik yarim himoyachi futbol maydoniga qaytishi mumkin. Ayni damda tajribali futbolchi erkin agent maqomida.

Pogbaga da'vogarlardan biri "Marsel" ekani aytilmoqda. Shuningdek, fransiyalik futbolchiga "Inter Mayami" ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi Yevropaning top ligalaridan biriga o'tishga qiziqish bildirmoqda.

Yarim himoyachining so'nggi ish joyi Turinning "Yuventus" klubi bo'lgan. Tomonlar o'tgan yilning kuzida hamkorlikni to'xtatgan edi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia