Pogba borasidagi barcha takliflar rad etiladi

Aslanov Jasurbek
27 mar 2019, 13:53
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoaning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba borasida bo'ladigan barcha takliflarni rad etmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz klubidagilar fransiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishmoqchi. Oldinroq, Pogba yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirmoqchi ekanligi, uning agenti Mino Rayola esa transfer ustidan ish boshlagani e'lon qilingan edi.

Pogba joriy mavsum Angliya Premer-ligasining 27ta uchrashuvida maydonga tushib, 11ta gol urdi va 9ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN