Pogba "Barselona"dan 12 mln. evroli maosh talab qilishda davom etmoqda

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2015, 13:14
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba "Barselona"ga o'tsa yiliga 12 mln. evro maosh olmoqchi.

Futbolchining o'zi Kataloniya klubi safida o'ynamoqchi va "Barselona" uning talablarin bajarishiga umid qilyapti. "Manchester Siti" esa Pogbaga moliyaviy jihatdan juda yaxshi taklif yubordi. Futbolchining agenti Mino Rayolaga keladigan bo'lsak, u shoshmoqchi emas va "Barselona"dagi prezidentlik saylovlari natijalarin kutish niyatida.

"Barselona" prezidentlik saylovi 18 iyulda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com