Podolski: "Meni Evroda Germaniyaning shunchaki tumori sifatida ko'rayotganlar adashadi"

4 iyun 2016, 23:55
Germaniya terma jamoasining Yevropa chempionatiga boradigan yakuniy tarkibidan o'rin olgan Lukash Podolski unga nisbatan tanqidiy munosabatda bo'layotganlarga murojaat qildi.


- Men Yevropa chempionatiga shunchaki sayr qilish uchun yoki Germaniya terma jamoasining tumori sifatida borayotganim yo'q. Bu kabi gap-so'zlarga qo'shilayotganlar - menga nisbatan hurmatsizlik qilishmoqda. Bu bezbetlik bilan barobar. Men terma jamoa safida 100dan ortiq o'yinlar ishtirok etganman. Terma jamoada muhim o'ringa egaman, deb o'ylayman. Nemis mashinasida shunchaki bitta o'rinni egallab o'tiradigan futbolchi emasman. Bizning vazifamiz - Yevropa chempioni bo'lish. Men esa mashg'ulotlarda qattiq ishlayman va maydonga tushganimda jamoamga nafim tegishi uchun mehnat qilaman.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN