Pochettino "Tottenxem" futbolchisini PSJga olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
20 yanv 2022, 23:29
"Tottenxem" yarim himoyachisi Tangi Ndombele PSJ qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

U bilan 2019 yili Londonda birga ishlagan, ayni damda PSJni boshqarayotgan Maurisio Pochettino futbolchining transferini istamoqda, deb yozadi "The Athletic".

Antonio Konte esa uni "Tottenxem" rejalariga kiritmayapti. So'nggi 4 o'yinda u "shporlar" tarkibida atigi 11 daqiqa o'ynadi. PSJ esa qishdayoq uni ijaraga olishga tayyor turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic