Pochettino shartnomasini uzaytirdi

Mirjalol Normatov
23 iyul 2021, 23:14
PSJ matbuot xizmati bosh murabbiy Maurisio Pochettino bilan shartnomaning uzaytirilganligini ma'lum qildi.

49 yoshli mutaxassis bilan kelishuv 2023 yil yoziga qadar davom etadi. U o'tgan mavsum o'rtasida jamoa boshqaruvini qo'liga olgandi. Uning qo'l ostida jamoa Fransiya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.

Pochettino 2001-2003 yillar davomida parijliklar tarkibida o'ynagan va 2001 yili Intertoto Kubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/PSG_inside