

"PSJning maqsadi - asosiy futbolchilarni saqlab qolish va Chempionlar Ligasidek g'alabalarni qo'lga kiritish. Klub Neymar va Mbappeni saqlab qolish uchun barchasini qiladi.
Bizda Kilian bilan ajoyib munosabatlar bor, men eng yaxshisiga umid qilmoqdaman va uni jamoada qoldirish uchun barchasini qilmoqchiman", - deydi Pochettino.
Eslatib o'tamiz, ikki futbolchining ham klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyunida yakunlanadi.



