

"Chelsi" argentinalik murabbiy Maurisio Pochettino bilan ilk muzokaralarni o'tkazdi, deb xabar berdi Sky Sports.
Manbaning xabariga ko'ra, 51 yoshli mutaxassis faoliyatini davom ettirish borasidagi yakuniy qarorni yozda qabul qiladi. PSJ va "Tottenxem" sobiq murabbiyi uchun avvalroq "Real" ham qiziqish bildirgani xabar qilingandi. So'nggi oylarda Pochettino Yevropaning bir nechta klubi takliflarini rad etgani aytilmoqda.



