Pochettino: "Bunday penaltiga tayyorgarlik ko'rish imkonsiz. Bizga omad yetishmadi"

2 iyun 2019, 05:00
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino YCHL finalida "Liverpul"dan uchralgan alamli mag'lubiyatdan so'ng o'z ehtiroslarini namoyish etdi.

"Oxirigacha kurashgan shogirdlarimdan juda ham faxrlanaman. Bizga omad yetishmadi - birinchi golni penaltidan qo'yib yubordik. Ikkinchi taymda yaxshi o'ynadik va jang qildik. Bundan faxrlasam arziydi. Biro omad biz tomonda bo'lmadi. 

O'yinni 0:1 hisobidan boshlash oson emas. O'yin rejasini o'zgartirishga majbur bo'ldik. Biz optimist bo'la olamiz. O'yinchilar va muxlislardan faxrlanamiz. 

Bunday penaltilarga oldindan tayyorgarlik ko'rish ilojsiz. Ruhan juda og'ir bo'ldi. Tajriba orttirishni o'rganishimiz o'rganishimiz kerak. "Liverpul" o'tgan yili bizning holatimizga tushgandi.

Shug'ullantirayotgan jamoamdan juda ham xursandman. "Liverpul"ni g'alaba bilan tabriklayman", - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com