Pochettino bugungi o'yin oldidan Ronaldinyoning fikriga munosabat bildirdi

Eldor Akmurzayev
17 apr 2019
Birozdan so'ng YCHL chorak finalining javob uchrashuvi doirasida "Manchester Siti" o'z maydonida "Tottenhem" qabul qiladi.

Tottenhem bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Ronaldinyoning fikriga o'z munosabatini bildirdi.

“Rostdanmi? U futbolni yaxshi tushunadi va uning fikrini xurmat qilishimiz kerak. PSJda birga o'ynagan vaqtimiz u bilan yaxshi sherik bo'lganmiz. Ronaldinyo kabi inson YCHLni olishimiz to'g'risida munosabat bildirishi bu juda yuqori daraja. Bizning futbolchilarga buni eshitish juda yoqimli. Agar u shunday deb aytayotgan ekan, demak, biz o'zimizga ko'proq ishonishimiz kerak bo'ladi. Mana shu ishonch tufayli biz Manchester Sitini mag'lub etarmiz balki”, – deydi shporlar ustozi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA.com