Pochettino: “Bu yerda futbolchilar egnidagi futbolkasiga munosib bo'lishi kerak”

3 yanv 2020, 09:57
PSJning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ushbu lavozimga tayinlanganidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Futbolchilar jamoaga munosib bo'lishlari kerak. Biz judayam katta jamoada ishlayapmiz, bu yerda shunchaki g'alaba qozonish emas, balki buni o'ziga xos uslubda qo'lga kiritish kerak.

Tartib-intizom ishimizda eng muhim jihat. Hurmat va do'stlik ham. Bu nafaqat futbolchilar va murabbiylar shtabiga, balki klubda ishlaydigan barchaga – baza, stadion xodimlariga ham tegishli.

Biz bu yerda ma'lum maqsadlarni amalga oshirish uchun ish boshlaymiz. Aniqroq aytadigan bo'lsak, sovrinlarga ega chiqish uchun. Shu bois barcha qo'llab-quvvatlaydigan o'yin falsafasini shakllantirishga harakat qilamiz”, dedi Pochettino.

O'xshash yangiliklar