Pochettino 10 ming funt jarima to'laydi va 2ta o'yinni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
6 mar 2019, 14:43
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan jazolandi.

Oldinroq, FA Pochettinoga nisbatan ayblov e'lon qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Byornli"ga qarshi APLning 27-tur bahsida mutaxassis uchrashuv bosh hakami Mayk Din bilan janjallashdi. Keyinroq, Pochettino xato qilganini va bunga bahs oxiri hissiyotlarga boy bo'lganini sabab qilib ko'rsatdi.

FA Pochettinoni 2ta o'yinga diskvalifikaciya qildi. Shu bilan birga mutaxassis 10 ming funt jarima to'laydi. Shunday qilib, Maurisio Pochettino "Sautgempton" va "Liverpul"ga qarshi bahslarni tribunada kuzatadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FA