

"Hali ham VARni yomon ko'raman. Chunki futbolda tuzatilmasligi kerak bo'lgan xatolar ham bor. VAR ko'plab muammolarni bartaraf etgani rost, biroq boshqalarini keltirib chiqardi. Uni offsaydlarda qo'llash - yomon ish emas. Biroq hakamlar xatto follarni ham ko'rishyapti. Bunisi esa noto'g'ri.
Men bo'lganimda VAR bo'lmasdi. Bu tizim xato ekanligini barchaga ko'rsatgan bo'lardim", - dedi Platini.



