Piolining "Milan"i Kapello va Anchelotti jamoasining natijasini takrorladi

1 noya 2020, 23:03
"Milan" Italiya chempionati 6-turi doirasida "Udineze"ni (2:1) mag'lub qildi.

Klub A Seriya startidagi 6 turning 5 tasida g'alaba qozondi. Bugunga qadar "rossonerilar" bunday natijani 1995/96 yilgi mavsumda Fabio Kapello boshchiligida va 2003/04 yilgi mavsumda Karlo Anchelotti boshchiligida qayd etishgan edi. Ikkala holatda ham "Milan" mavsum yakunida turnir g'olibiga aylangan.

Ayni paytda 16 ochko to'plagan Stefano Pioli shogirdlari A Seriyada karvonboshilik qilishyapti. Klub keyingi o'yinni "Verona"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: acmilan.com