Pike Kataloniyada yil sportchisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2016, 13:32
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike va mashhur yuguruvchi ayol Nuriya Pikas Kataloniyada 2015 yilning eng yaxshi sportchilari deb e'lon qilindi.

Futbolchi sovrin olayotganda ko'z yoshlarini tiyib tura olmadi va uni ota-onasiga bag'ishladi.

"Bu sovrinni menga hamma narsa bergan ota-onamga bag'ishlamoqchiman. Ular doimo bizga gollaringni bag'ishlamaysan deb arz qilishadi, ammo bu sovrin ular uchun juda muhim va bu muvaffaqiyatimni otam va onamga bag'ishlayman" - deydi Pike.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca