

Avvalroq, Pike Kataloniya mustaqilligini qo'llab-quvvatlashini ma'lum qilgan va Ispaniya terma jamoasidan ketishi mumkinligini inkor qilmagandi. Ana shundan so'ng u mashg'ulotlar vaqtida tomoshabinlar tomonidan hushtakbozlik bilan kutib olingandi.
"Kataloniya mustaqilligini istayotgan odam Ispaniya terma jamoasida o'ynashi mumkin. U Ispaniya terma jamoasiga qarshi kyetmaydi. O'z mamlakatini mustaqil davlat sifatida ko'rishni istayotgan kataloniyaliklar ko'p. Gap faqat shunda", - deydi Pike.



