Pike: "Alvesga "Barselona"da dushmanlaring ko'p deb hazillashgandim"

Aslanov Jasurbek
8 noya 2014
"Barselona" himoyachisi Xerar Pike o'z jamoadoshi Dani Alvesga klubda unga qarshilar juda ko'p deya hazillashgani haqida gapirib berdi.

Bu voqea ko'k-anorranglilarning navbatdagi mashg'ulotida yuz berdi va bu so'zlarni OAV vakillari yozib olishga ham ulgurishdi.

"Dani "Barselona"da dushmanlaring ko'p. Hozir men bilan ham shunday bo'lyapti" - deydi Pike.

Bundan so'ng "Barselona" vakillar himoyachidan bu gaplarni qanchalik to'g'ri ekanligini so'rashdi. Pike esa shunchaki o'z jamoadoshi bilan hazillashganini aytdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com