PFL Ro'ziqul Berdiev va Ilhom Sharipovni jarimaga tortdi

Narzulla Saydullayev
13 apr 2017, 15:50
Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.


OLIY LIGA

“Navbahor” yarim himoyachisi Oybek Qilichev, 4-turda “Dinamo” bilan o'yinda muxlislarga qarata haqoratli harakat qilgani uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

“Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev, 5-turda “Olmaliq” bilan o'yin tugaganidan so'ng hakamlarni haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi.

“Dinamo” hujumchisi Sardor Suleymanov, 5-turda “Qo'qon-1912”ga qarshi o'yinda agressiv harakati uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

“Dinamo” mamuri Ilhom Sharipov, 5-turda “Qo'qon-1912”ga qarshi o'yinda hakamni haqorat qilgani uchun, jarimaga tortildi. Agar shunday vaziyat takrorlansa, bundan jiddiy jazo tayinlanadi.

YOSHLAR LIGASI

“Obod” yarim himoyachisi Abdulloh Mahkamov, 4-turda “Bunyodkor”ga qarshi o'yinda qoidani jiddiy buzgani uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

“Qizilqum” posboni Artyom Makosin, 4-turda “Buxoro”ga qarshi o'yinda raqibni haqorat qilgani uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

“Dinamo” ustozi Sayfullo Sharipov, 5-turda “Qo'qon-1912”ga qarshi o'yinda hakam ishiga aralashgani uchun, jarima tortildi.

BIRINCHI LIGA

“Yangier” bosh murabbiyi Bahodir Davlatov, 2-turda “NBU-Osiyo”ga qarshi o'yinda qanot hakamini turtgani uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

“Uz-Dong-Ju” himoyachisi Shoyad Mullajonov, 2-turda “Orol”ga qarshi o'yinda agressiv harakat qilgani uchun 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

“Norin” posboni Umid Yorbekov, 2-turda “Mashal-2”ga qarshi o'yinda hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz