Petr Chex: "Shalke"ni ikkala o'yinda ham mag'lub etishimiz kerak"

Tolibjon Qosimov
21 okt 2013, 18:05
"Chelsi" posboni Petr Chex YCHL 3 va 4-turidan o'rin olgan "Shalke"ga qarshi o'yinlar muhim ahamiyat kasb etishini aytib o'tdi.
Ayni paytda London klubi hisobida 3 ochko bor, Gelzenkirxen klubi esa 6 ochkoga ega.

– Bu o'yin juda muhim, – deydi Chex "Chelsi" rasmiy saytiga. – "Bazel"ga qarshi o'yinda uch ochko yo'qotdik, shu bois "Shalke"ga qarshi ikki o'yinda ham g'alaba qozonishimiz kerak. Buni amalga oshirsak guruhdan chiqamiz. Bilaman, bu oson bo'lmaydi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru