Peres Zidanni "Real"da olib qoladi

Aslanov Jasurbek
17 apr 2017, 11:41
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan joriy mavsum yakunlanganidan so'ng klubda qoladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik mutaxassis jamoaning natijalariga qaramay iste'foga chiqarilmaydi. Bu haqda "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres Zidanga shaxsan ma'lum qildi.

Peres o'zi to'liq ishonadigan Zidan bilan doimo aloqada bo'lib turibdi.

Fransiyalik mutaxassis avvalgi mavsum boshlanishidan oldin "Real" bosh murabbiyi sifatida e'lon qilingan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca