Peres: "Siti"dan o'tish oson emas, ammo "Santyago Bernabeu"da ilojsiz narsaning o'zi yo'q"

Aslanov Jasurbek
30 apr 2016, 11:07
"Real" prezidenti Florentino Peres "Manchester Siti"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi yarim final javob bahsi haqida fikr bildirdi.

"Keyingi chorshanbada jamoamiz va muxlislarimiz bir butun bo'lishi kerak. Orzularimiz ushalishi uchun maydonda va tribunada bor kuchimizni ishga solishimiz lozim.

"Manchester Siti"dek xavfli raqibni mag'lub etish qiyin bo'ladi, ammo "Santyago Bernabeu"da biz uchun ilojsiz narsaning o'zi yo'q" - deydi Peres.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS