

Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres braziliyalikni xarid qilish uchun Krishtianu Ronalduni parijliklarga berib yuborishga ham tayyor.
Oldinroq, PSJ portugaliyalik futbolchini xarid qilmoqchi ekanligi va unga yiliga 60 mln. evro to'lamoqchiligi e'lon qilingan edi. Neymarga to'xtaladigan bo'lsak, "Real" ushbu transfer uchun 400 mln. evro to'lashi taxmin qilinmoqda, hozir esa klub hisobida faqat 200 mln. evro mavjud.


