Peres "El Klasiko"dan oldin hakamlarning yoniga borib, ular bilan salomlashgan. "Barsa" o'yinchilari bu holatning guvohi bo'lishgan

Administrator
24 apr 2024, 22:05
"Real" prezidenti "Barsa"ga qarshi o'yindan oldin hakamlar yoniga borgani iddao qilindi.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, "Real Madrid" klubi prezidenti Florentino Peres "Barselona"ga qarshi o'yin boshlanishidan oldin tribunalar ostiga tushgan. Peres u yerda "Real" o'yinchilarini ruhlantirgan. Keyin esa uchrashuv bosh hakam Sesar Soto Grado va uning yordamchilari bilan ko'rishib, ular bilan salomlashgan. "Barselona" futbolchilari esa Peresni bu yerda ko'rib, hayron qolishgan.

Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin 3:2 hisobida madridliklar foydasiga yakunlangandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Mundo Deportivo