Peres: "Asensio kelajakda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2017, 15:18
"Real" prezidenti Florentino Peres 21 yoshli yarim himoyachi Marko Asensioning kelajagi borasida fikr bildirdi.

"Asensio kelajakda faqatgina jahon darajasidagi futbolchi bo'lib qolmay, "Oltin to'p"ni ham qo'lga kiritadi. Buning uchun unda hamma narsa bor. U kamtar, mehnatkash, aqlli va jamoaviy futbolchi. Jamoadoshlari uning sifatlari haqida yaxshi bilishadi. Asensio "Real"da ajoyib mavsum o'tkazdi" - deydi Peres.

So'nggi mavsum Asensio LaLiganing 23 ta uchrashuvida, 3 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca