Peres: "2020 yil "Real" uchun omadli va sovrinli yil bo'ladi"

Mirjalol Normatov
25 dek 2019, 23:28
"Real" prezidenti Florentino Peres klubi muxlislarini bayram bilan tabrikladi va kelasi yilgi rejalar haqida gapirdi.

"Real" - butun dunyoda muxlislarni birlashtiradigan ajoyib hissiyot. Barcha muxlislarga bayram, tatilni oila va yaqinlari bilan yuqori kayfiyatda o'tkazishini tilayman. Bu kunlarni unutish qiyin bo'lishi kerak, chunki muhim qadriyatlar shunday kunlarda bilinadi.

"Real"ning 80 davlatdagi hayriya fondlari borligidan faxrlanamiz. Bu extiyojmand oilalar uchun juda muhimdir. Ayniqsa, ijtimoiy izolyaciyaga olingan xavfli insonlarni davolash uchun ham juda kerakdir.

2020 yil bizning futbol va basketbol klublarimiz uchun sovrinli o'tishini tilayman. "Real" muhlislarning doimiy e'tiborida qolishi uchun biz ohirigacha kurashamiz va o'z principlarimizni o'zgartirmaymiz. Bayram muborak!", - dedi Peres.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca