Pepe pley-off bosqichini asosiy tarkibda boshlagan eng keksa futbolchi
Aslanov Jasurbek
28 iyun 2021, 00:39
Portugaliya himoyachisi Pepe Evro-2020 nimchorak finali doirasida Belgiyaga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi.
"Portu" klubiga tegishli bo'lgan futbolchi Yevropa chempionatlari pley-off bosqichida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng keksa futbolchiga aylandi. Belgiyaga qarshi maydonga tushgan futbolchi 38 yoshu 121 kunlik hisoblanadi.