Pep Gvardiola: "Siti" ikkinchi marta YCHL yarim finalida. Biz tarix yozishni boshlamoqdamiz"

Aziz Tukhtamuradov
15 apr 2021, 08:59
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Borussiya"ga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men klub, rahbariyat va muxlislar uchun judayam xursandman.

Klub ikkinchi marotaba yarim finalga chiqdi. Bu bosqichda jamoa o'z tarixiga ega emas. Ammo biz buni yozishni boshlamoqdamiz. 

Dastlabki 10 daqiqani hisobga olmasak, yaxshi o'ynadik. Raqib o'sha paytda yaxshi harakat qilayotgandi. 

Yarim finalga chiqqanimizdan, Yevropaning eng yaxshi 4 klubi safida ekanligimizdan xursandman. Katta, kuchli klublarga qarshi yaxshi harakat qilishga urinamiz", - dedi Gvardiola. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA